All content for Uzbekonomics is the property of Botir Kobilov and is served directly from their servers
with no modification, redirects, or rehosting. The podcast is not affiliated with or endorsed by Podjoint in any way.
Botir Kobilov va Behzod Hoshimov iqtisod, jamiyat va ular atrofidagi boshqa mavzularda ushbu podkast doirasida suhbat olib boradilar.
Odamlar bu boylik. Podkastimizning ushbu epizodida aholi o'sishi, fertillik darajasi va iqtisodiy farovonlik haqida suhbatlashdik va aholi va iqtisodiy o'sish o'rtasidagi dinamikalarni tushunishga harakat qildik. Biz turli iqtisodiy nazariyalarni va O'zbekiston hamda boshqa mamlakatlardagi kuzatishlarni tahlil qilib, qanday qilib aholi sonining ko'payishi yoki kamayishi bir mamlakatning iqtisodiy farovonligiga ta'sir etishi mumkinligini muhokama qildik. Shu bilan birga, rivojlangan mamlakatlarda fertillik darajasining nima uchun pasayib borayotganini va buning sabablari haqida taxminlar yuritdik va ularning ortida yotgan iqtisodiy, va ijtimoiy omillarni ko'rib chiqdik.Podkastning ushbu epizodi rasmiy hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/https://zoomrad.uz/mobile-appPodkast yozilgan sana: 28 - Mart 2024.
Uzbekonomics
Botir Kobilov va Behzod Hoshimov iqtisod, jamiyat va ular atrofidagi boshqa mavzularda ushbu podkast doirasida suhbat olib boradilar.