Qatorasiga bir necha marta mehmonli sonlar o‘tkazgandan so‘ng o‘zimiz suhbatlashishga qaror qildik. Lolazor podkastining 53-sonida biz turli mavzularda gaplashdik, xususan, Yevropaga viza masalalari osonlashishi, sun’iy intellekt va undagi o‘zbek tili, 1000KITOB’ning uzoq kutilgan kitoblari, Yevropada skuterlarga haydovchilik guvohnomasi olish tartibi haqida gap bordi. Va albatta, deyarli an’anaga aylanganidek, bu safar ham alifboni ham unutmadik.
Show more...